Dibala Osiyoga yo'l olmoqda

Mirjalol Normatov
21 avg 2024
"Roma" futbolchisi Paulo Dibala "Al Qodisiya"ga o'tishga rozi bo'ldi.

Jurnalist Janluka Di Marcioning ma'lumotiga ko'ra, hujumchi Saudiya Arabistonida 3 yilda 75 mln evro ishlab olishga rozi bo'lgan.

Yaqin vaqtlarda futbolchi klubi bilan uchrashuv o'tkazadi. Rimliklar 30 yoshli futbolchisini 3 mln evroga sotib yuboradi.

Dibala Yevropa qitasida qolishni va YCHLda o'ynashni istagan. Biroq biror klub uning sharoitlarini ko'tara oladigan taklif bilan chiqmagan va tovon puli - 12 mln evroga sotib olishni istamagan. Ayni damga kelib, futbolchining shartnomadagi tovon puli muddati tugab bo'lgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/GianlucaDiMarzio