Dibala omadsiz startdan keyin muxlislarga murojaat qildi

Sherzod Nurmatov
21 sen 2021, 19:19
Turinning "Yuventus" klubi forvardi Paulo Dibala o'z jamoasi ishqibozlaridan qo'llab-quvvatlashlarini so'radi.

"Qiyin damlarda o'rnimizda qotib qolmasdan, birlashishimiz kerak. Biz oldin ham buni udallaganmiz va buni yana qila olamiz!", – dedi argentinalik.

"Keksa sinora" A Seriya 4 o'yinida 2 ochko to'plab, mavsumni muvaffaqiyatsiz boshladi. Italiyaning 36 karra chempioni quyi pog'onalardan birida bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: instagram.com/paulodybala