

"Mourinyu va Allegri qaysidir jihatlari bilan o'xshash, ammo qaysidir jihatlari bilan katta farq qiladi. Joze bilan munosabatlarim yaqinroq, biz tez-tez muloqot qilib turamiz. Allegriga kelsak, biz har doim ham bazi narsalarda kelisha olmasdik, lekin ikkimiz ham "Yuventus" uchun foyda keltirishni xohlaganmiz. Biz bahslashmaganmiz, faqat o'yin uslubi borasida turlicha fikrda edik. Masimiliano menga "Yuventus"ni boshqargan barcha murabbiylaridan ko'ra ko'proq narsani berdi. O'rtamizda mojaro bo'lmagan", – dedi Dibala.
28 yoshli Dibala joriy mavsum "Roma" safida barcha turnirlarda 10 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



