Dibala "Inter"ga o'tishi mumkin

Mirjalol Normatov
26 yanv 2022, 23:29
Futbol agenti Fulvio Valkarejining aytishiga ko'ra, "Yuventus" hujumchisi Paulo Dibala yozda "Inter"ga o'tishi mumkin.

"Qarab turing, Dibala "Inter"ga o'tadi. U bilan "Yuventus" rahbarlarining munosabatlari yomonlashib ketgan. Transfer ishlari uchun barcha narsa tayyor. Bu "Inter" uchun ideal transfer bo'lardi", - dedi agent "Radio Kiss Kiss Napoli" nashriga.

Dibalaning "Yuventus" bilan shartnomasi yozda yakunlanadi. Shu orqali u erkin agentga aylanadi. Ushbu mavsumda 28 yoshli futbolchi "Yuventus" tarkibida 23 o'yinda qatnashib, 11 gol va 4 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Radio Kiss Kiss Napoli