Dibala "Inter" bilan uch yillik shartnoma imzolashga yaqin

Alisher
12 iyun 2022, 18:24
Hujumchi Paulo Dibala "Inter"ga o'tishga yaqin.

Tomonlar yaqin 48 soatda muzokaralarning yakunini o'tkazish uchun yana uchrashishadi. "Inter" 28 yoshli o'yinchiga 6 million evro (shuningdek, bonuslar ham bor) maosh va 3 yillik shartnoma taklif qildi.

Bitimda shuningdek uni bir yilga uzaytirish bandi ham bor.

Dibala o'tgan mavsum "Yuventus" safida 39ta o'yinda maydonga tushib, 15ta gol va 6ta assist qayd etdi. U Turin klubidan erkin agent maqomida ketadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal