Dibala faoliyatini APLda davom ettirishni xohlamayapti

Alisher
11 apr 2022
"Yuventus" hujumchisi Paulo Dibala faoliyatini "Arsenal" yoki "Nyukasl"da davom ettirishga qiziqmayapti.

Futbolchi yozda "Yuventus"da ketganidan so'ng Italiya chempionatida qolishni xohlamoqda.

Dibalaga APL klublari qiziqish bildirmoqda, ammo argentinalik faoliyatini davom ettirish uchun boshqa variantlarni ko'radi. Bosh davogarlardan biri "Yuventus" hisoblanadi.

Forvard joriy mavsum barcha musobaqalarda 30ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol va 6ta assist qayd etdi. Uning "Yuve" bilan shartnomasi shu yozda yakuniga etadi.


AlisherMuallif
Manba: FC Internews