Dibala: "Biz hujum qilishdan va gol urishdan qo'rqyapmiz"

Mirjalol Normatov
16 yanv 2022, 17:30
"Yuventus" forvardi Paulo Dibala A Seriya 22-turi doirasida "Udineze"ga qarshi o'yindan keyingi fikrlarini bildirib o'tdi.

"Biz yaxshiroq o'yin ko'rsatdik deb o'ylayman. Hisobda oldinda borayotgan paytda ishonchliroq harakat qilish kerak. Bazida gol urib olganimizdan keyin himoyalanamiz, gol urish va hujum qilishdan qo'rqib qolamiz. Bunday bo'lmasligi kerak.

Biz - "Yuventus"miz. Doimo YCHL uchun yo'llanmaga ega bo'lishimiz kerak. Bu bizning kuchli tomonimiz. Shu sababli o'z maqsadlarimiz sari qadam tashlashimiz, chin yurakdan mehnat qilib, doimo raqiblardan yaxshi o'yin ko'rsatishimiz kerak", - dedi Dibala.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal