Di Natale Udinezeda yana bir mavsum qoladi

Udineze hujumchisi Antonio Di Natale ushbu mavsumda jamoani almashtirmaydi.
Di Natalening "Udineze"dan MLSga ko'chib o'tishi haqida xabarlar tarqalgandi. Biroq futbolchi keyingi mavsumni ham o'zining sevimli "Udineze" klubida o'tkazishi oydinlashdi. Klub futbolchini yana bir yillik shartnomaga imzo chekishga ko'ndirdi.

Di Natale 2004 yildan buyon "Udineze" sharafini himoya qilib kelmoqda va futbolchi 420 o'yinda maydonga tushib, raqiblari darvozasini 223 marotaba ishg'ol etgan.

Manba: sports.ru