Di Mariya "Yuventus" bilan shartnomasini uzaytiradimi?
Mirjalol Normatov
12 may 2023
"Yuventus" futbolchisi Anxel Di Mariyaga klub bilan shartnomasini uzaytirishi borasida savol berishdi.
"Yuventus"dagi kelajagim? Bu yerda o'zimni juda qulay his qilyapman. Ko'ramiz, yakunda nima bo'larkin. Ayni damda jismonan yaxshi holatdaman", - dedi futbolchi.
35 yoshli futbolchining Turin klubi bilan shartnomasi yozda yakuniga etadi.