Di Mariya "Yuventus" bilan kelishuvga erishdi

Alisher
23 iyun 2022, 17:17
Tomonlar shartnoma imzolashga yaqinlar.

Vinger Anxel Di Mariya "Yuventus" bilan shartnoma shartlari borasida kelishuvga erishdi.

Tomonlar tez orada bitimga imzo chekishadi.

Futbolchi ayni damda erkin agent hisoblanadi. Shunday ekan, 34 yoshli argentinalik "keksa sinora"ga tekinga tushadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Corriere dello Sport