Di Mariya: "Santyago Bernabeu"da "Real"ga urgan golimni nishonlamayman"

Aslanov Jasurbek
22 sen 2015, 15:18
"Real" sobiq futbolchisi, hozirda PSJ sharafini himoya qilayotgan Anxel Di Mariya "qaymoqranglilar" darvozasiga gol ursa, uni nishonlamasligini aytdi.
Bu jamoalar Chempionlar ligasi guruh bosqichida ikki marobata to'qnash kelishadi.
"Agar "Santyago Bernabeu"da "Real"ga gol ursam, uni nishonlamayman. PSJga o'tishimni bilganimda, ayolimga "Real"ga qarshi o'ynashimni aytgan edim. Muxlislar meni qanday kutib olishini bilmayman, ammo biz 10-Chempionlar ligasi g'olibligini va boshqa sorvinlarni qo'lga kiritgan edik" - deydi Di Mariya.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com