Di Kanio: Jakerini Yevropaning eng yaxshi futbolchilaridan biri

23 iyul 2013, 13:18
"Sanderlend" bosh murabbiyi Paulo di Kanio yaqinda "Yuventus"dan sotib olgan futbolchisi Emanuel Jakerinini Yevropaning eng yaxshi futbolchilaridan biri deb biladi.
"Fikrimcha Jakerini mening jamoamga mos keladigan, Yevropadagi eng yaxshi futbolchilardan biri".

"Hozirgi vaqtda himoyada ham, hujumda ham birdek ajoyib o'yin namoyish etish qobiliyatiga ega bo'lgan qanot futbolchilari ko'p emas".

"Uning maydon bo'ylab harakatlanishi, jamoadoshlari uchun bo'sh zonalar yaratib berishi va umuman o'yinni o'qiy olish qobiliyati uni top-futbolchilardan biri deb atashga imkon beradi",- dedi di Kanio.

Eslati o'tamiz, o'tgan haftada 28 yoshli Italiya terma jamoasi a'zosi di Kanio jamoasiga 6,5 million funt evaziga o'tgandi.


Manba: skysports.com