Devis yuragidagi muammo sabab yana bir necha kunni o'tkazib yuboradi

Alisher
18 mar 2022, 13:57
"Bavariya" himoyachisi Alfonso Devis miokard yallig'lanishi sabab bir necha kunni o'tkazib yuboradi.

Bu haqda "Bavariya" bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann juma kungi matbuot anjumanida aytdi.

"Bunda hech qanday dahshatli narsa yo'q, ammo u yana davolanishi kerak va bir qancha vaqt bo'lmaydi", - deydi Nagelsmann.

Himoyachi joriy mavsum nomuntazam tarzda asosiy tarkibda maydonga tushmoqda, u Bundesliga doirasidagi 16ta o'yinda maydonga tushib, 3ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: fcbayern.com