Devid Moyes: "Jamoani kuchaytirishimiz kerak, lekin yanvarda yaxshi futbolchini qayerdan topasiz?"

Tolibjon Qosimov
6 yanv 2014, 12:15
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Devid Moyes Angliya kubogi doirasidagi "Suonsi"ga qarshi o'yindagi mag'lubiyatdan keiyn (1:2) tarkibni kuchaytirish kerakligiga to'xtaldi.
"Tarkibimizni kuchaytirishga ehtiyoj bor. Biroq yanvar oyida kuchli futbolchilarni qayerdan olasiz?

"Biz futbolchi sotib olishni istamaganimiz uchunmas, ayni vaqtda bozorda yaxshi futbolchining o'zi yo'q ekani uchun haridlarni amalga oshirmayapmiz", dedi shotlandiyalik mutaxassis.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru