Devid Moyes: "Runi bizga Persi jarohat olib maydonga tusha olmagan holatda kerak bo'ladi”

15 iyul 2013, 15:37
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Devid Moyes hujumchi Ueyn Runi jamoaga hamon Robin van Persini o'rindoshi sifatida kerakligini bildirdi, deya xabar beradi Sky Sports.
“Mening fikrimcha, Runi bizga, Persi jarohat olib maydonga tusha olmagan holatda kerak bo'ladi. Shuningdek Runi orqaroqdayam o'ynay oladi. Undan qanday foydalanishimni vaqt ko'rsatadi. “Manchester Yunayted” bu faqat Runi emas. “Manchester Yunayted” – bu jamoa, bu klub. Men Runining futbol klubi yoki jamoasidan ustun bo'lishiga yo'l qo'ymayman”, - ta'kidladi Moyes.

Manba: football.kulichki.net