Devid Moyes: "Kim chempion bo'lishini taxmin qilishga hali erta"

Tolibjon Qosimov
9 noya 2013, 18:32
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Devid Moyes fikricha, hozircha jamoalar kuchiga baxo berishga erta.
Angliya chempionati doirasidagi navbatdagi turda "MYU" o'zidan 8 ochko oldinda borayotgan"Arsenal"ga qarshi maydonga tushadi.
 
"Matbuot hozir butun e'tiborini turnir jadvalida yuqori o'rinlarda borayotgan, yaxshi sport formasiga chiqib olgan jamoalarga qaratyapti. Lekin menimcha, jamoalar kuchi haqida mavsum oxirida, o'zaro ikki martadan o'yin o'tkazgach gapirish to'g'riroq bo'ladi. "Arsenal"ning chempion bo'lish imkoniyati, qolganlarniki bilan bir xil".

"Bu - premer-liga. "Kanonirlar" yaxshi start oldilar. Hozir ular ajoyib formada. Biroq xulosa mavsum so'nggida qilinadi. Biz hozirgi holat normal emasligini ko'rsatamiz", dedi Moyes.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net