Devid Moyes: Fergyuson va Basbidan o'rnak olayapman

Tolibjon Qosimov
23 iyul 2013
Manchester Yunayted bosh murabbiyi Devid Moyes klub afsonaviy murabbiylari Aleks Fergyuson va Mett Basbining faoliyatlariga havas qilishini ma'lum qildi.
MYUga o'tishimdan oldin qo'rquv bor edi. Biroq bu qaror meni o'z ustimda ishlashda davom etishimga undaydi.

Kimdir menga barchasi oson bo'lishini aytdi, ammo bunga qo'shilmayman. Manchester Yunaytedda menga oson bo'lmaydi.

Endi men klub tarixini yaratishim kerak. Aleks Fergyuson va Metta Basbidan o'rnak olayapman. Bu insonlar haqida film olsa arziydi, – deydi Moyes.

Fergyuson va Basbi Manchester Yunaytedda boshqalarga qaraganda ko'proq ishlashgan.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru