
Juda intiqlik bilan "Bavariya"ga qarshi o'yinni kutmoqdaman. Hamma aytgandiki, MYU chorak finalgacha yetib kelsa ham yutuq deb. Lekin biz yarim final va undan keyin finalda o'ynamoqchimiz. Bizni og'ir o'yin kutib turibdi. Balki bu jahonning eng kuchli jamoasiga qarshi uchrashuvdir. Biz bu jamoaga qarshi bahsga to'liq tayyormiz. "Old Trafford"da hech kimga oson bo'lmaydi. Men har doim aytaman, bu yerda muhit juda o'zgacha. Muxlislar seni tinmay qo'llab-quvvatlashadi. Bu esa ortiqcha kuch bag'ishlaydi. Har bir muxlis menga "Manchester Yunayted"ni boshqarish katta sharaf ekanligini eslatib yuboradi.