Devid Moyes: Chempionlik poygasidan chiqib ketdik deb umuman o'ylamadim

Narzulla Saydullayev
23 noya 2013, 09:23
Manchester Yunayted bosh murabbiyi Devid Moyes mavsum boshidagi omadsiz startdan keyin ham chempionlikdan umidini uzmaganini aytib o'tdi.
Umuman chempionlik poygasidan chiqib ketdik degan hayol kelmadi. Voqealar qanday davom etishini barcha bilardi. Murabbiy o'zgarganida doim jamoa yaxshi natijaga erishishi qiyin kechadi. Manchester Yunaytedning natijalari vaqt o'tgani sari yaxshilanib borishini aytgandim.

Evertonda ham mavsumni yomon boshlagan vaqtlarim bo'lgan. Umid qilamanki, o'yinimiz kuchayib boradi va rivojlanishda davom etamiz, - deydi murabbiy.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru