Devid Bekxem Kilian Mbappening agenti bo'lishni xohlamoqda

Alisher
12 okt 2019
Angliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Devid Bekxem PSJ hujumchisi Kilian Mbappening agenti bo'lishni xohlamoqda.

44 yoshli angliyalik 2019 yil sentyabr oyida "Footwork management" nomli agentlik kompaniyasini ochgan edi.

Bekxem esa kompaniyaning ilk mijozi Mbappe bo'lishini xohlamoqda.

20 yoshli Mbappening parijliklar bilan tuzgan shartnomasi 2022 yil yozga qadar davom etadi.

Eslatib o'tamiz, Kilian "Pari Sen-Jermen" safiga o'tgan yil "Monako"dan kelib qo'shilgan edi.


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail