"Development Cup 2023". O'zbekiston U-14 Livan U-14 terma jamoasini mag'lubiyatga uchratdi

Omonjon To`xtamirzayev
12 may 2023
Yoshlarimiz xalqaro musobaqa doirasida livanlik yosh futbolchilarga qarshi harakat qilishdi.

O'zbekiston U-14 terma jamoasi "Development Cup 2023" doirasida Livan U-14ga qarshi to'p tepdi.

Uchrashuv taqdirini hal qilgan gol 42-daqiqada Amirxon Erkinov tomonidan kiritildi. Qayd etish lozim, futbolchimiz vaziyatga tezkorlik bilan to'g'ri baho berdi va ajoyib zarbani amalga oshirdi. 


O'zbekiston U-14 1:0 Livan U-14 
Erevan futbol akademiyasi maydoni

Gol: Amirxon Erkinov (42`).




Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia