Deulofeu: “Milan” - Italiyaning eng buyuk klubi!”

Aslanov Jasurbek
24 yanv 2017
Angliyaning “Everton” klubidan “Milan”ga ijara asosida o'tgan Xerard Deulofeu yangi jamoasini Italiyaning eng buyuk klubi deya atadi.

“Milan” - Italiyaning eng buyuk jamoasi. Men bu klub libosida anchadan beri o'ynashni orzu qilardim. Niyatimga etdi va chorshanba kuni “Yuventus”ga qarshi kechadigan uchrashuvda maydonga tushishdan umidvorman”, - dedi Deulofeu.

Eslatib o'tamiz, kecha “Everton” klubi futbolchisi mavsum oxirigacha ijara asosida “Milan” jamoasiga ko'chib o'tgandi. 



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com