Destning "Barselona"dagi kelajagi ma'lum qilindi

Mirjalol Normatov
29 apr 2022, 22:57
Himoyachi Serjino Dest navbatdagi mavsumda ham "Barselona"da o'ynaydi.

"ESPN" xabariga ko'ra, futbolchi va murabbiy bu borada gaplashib olishgan va Xavi uning qolishiga rozi bo'lgan. Ispaniyalik futbolchi qishdayoq jamoadan ketishi mumkin edi. Ammo unga xaridor topilmagandi. U endi klubning uzoq yillik rejalarida bo'lishi kutilmoqda.

Dest "Rayo Valekano"ga qarshi o'yinda o'ng oyog'ining son qismidan jarohat olgandi. U ushbu mavsum chempionatning 21 o'yinida qatnashib, 3 golga assist bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ESPN