Dest boshqa bir ispan klubiga o'tishi mumkin

Alisher
31 avg 2022
"Barselona" himoyachisi Serjino Dest faoliyatini La Liganing boshqa bir klubida davom ettirishi mumkin.

Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, amerikalikning xizmatlariga "Vilyarreal" qiziqish bildirmoqda va futbolchini bir mavsumga ijaraga olishga tayyor.

Destning o'zi "sariq suv osti kemasi"ga o'tish haqida o'ylamoqda. "Barselona" o'z navbatida futbolchini qo'yib yuborishga tayyor, sababi u bosh murabbiy Xavining rejalariga kirmaydi.

Eslatib o'tamiz, Destga "Manchester Yunayted" ham befarq emas.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano