Desham: "Raqiblar Fransiya terma jamoasidan qo'rqishadi"

Aslanov Jasurbek
12 noya 2016, 15:18
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham Shvetsiyaga qarshi JCH-2018 saralash uchrashuvi (2:1) haqida fikr bildirdi.

"Ko'plab jamoalar bizga qarshi bahsda himoyalanishadi va ikkinchi raqam bo'lib o'ynashadi, biz buni Gollandiyaga qarshi bahsda ko'rdik. Demak, raqiblar bizdan qo'rqishadi. Shvetsiyaga qarshi oson o'yin bo'lmasiligi bilardim, 3 ochko olganimiz yaxshi bo'ldi.

Shvetsiya yaxshi jamoa. Ular jismonan juda kuchli va yaxshi tashkillashgan. Raqib jarima maydoniga kirishni yopib qo'yganda, to'p bilan tez harakat qilish kerak, bu esa oson emas" - deydi Desham.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: TF1