Desham Fransiya terma jamoasining Italiya ustidan qozongan g'alabasi haqida fikr bildirdi

Aslanov Jasurbek
2 iyun 2018, 11:15
Fransiya terma jamoasi Dide Desham o'rtoqlik uchrashuvida Italiya ustidan qozonilgan g'alaba (3:1) borasida izoh berdi.

"Hozircha hammasini ideal bajarayotganimiz yo'q, ammo ayni damda jamoaning holati qoniqarli.

Ikkinchi bo'limda italiyaliklarga ko'p vaziyat yaratishga imkon berdik. Hujumlarni yakunlash ustida ishlashimiz kerak.

Futbolchilar bu o'rtoqlik o'yini va Irlandiya terma jamoasiga qarshi bahsda to'g'ri fikrlashdi, endi bizni jahon chempionatiga so'nggi tayyorgarlik kutib turibdi" - deydi Desham.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia