

Ushbu bahs oldidan "shaharliklar"ning bir qancha futbolchilari safga qaytdi.
Jamoaning 11 sentyabr kungi mashg'ulotlarida bungacha jarohatlanganlar qatorida bo'lgan Abduqodir Husanov, Fil Foden, Yoshko Gvardiol hamda Savino safga qaytgan va asosiy jamoa bilan shug'ullangan. Biroq faqatgina Gvardiol hamda Foden to'laqonli mashg'ulotlar olib borgan.
Husanov, Savino, Kelvin Fillips kabi futbolchilar esa klub shifokorlarining tavsiyasiga ko'ra, cheklovlar bilan shug'ullangan.



