Derbidan oldin "Chelsi"da katta yo'qotish

Mirjalol Normatov
22 dek 2020
"Chelsi" bosh murabbiyi Frenk Lempard APL doirasida "Vest Xem"ga qarshi o'yinning 10-daqiqasida almashtirilgan Ben Chiluell haqida gapirdi.

"Shanba kuni uning "Arsenal"ga qarshi o'yinda ishtirok etmasligi extimoli juda katta. U to'pig'ini qayirib oldi, og'riq bo'layotgani sababi u o'yinda qatnasha olmasa kerak. Ertaga uni chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tkazamiz va holatga baho bera olamiz.

Ris hamda Ben jamoaga katta yordam bermoqda. Umid qilamanki, ular tezda safga qaytishadi", - dedi Lempard.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal