Depay "Yuventus"ga o'zini "Barselona"dan sotib olishni taklif qilgan

Omonjon To`xtamirzayev
28 iyul 2022, 16:32
"Barselona" hujumchi Memfis Depayga jamoa izlashni davom ettirmoqda.

Kataloniya klubi 28 yoshli forvard xizmatlariga ortiq muhtoj emas va Memfisni sotib yuborish niyatida.

Corriere dello Sport"ning xabariga ko'ra, niderlandiyalikning o'zi "Yuventus"ga transferini sotib olishni taklif qilgan. Turinliklarning javobi haqida hozircha aniq ma'lumot yo'q.

Avvalroq, "Barselona" Depayni "Sevilya"dan Jyul Kundening transferiga qo'shib yubormoqchi edi, ammo andalusiyaliklar bunga rozi bo'lishmadi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sports.ru