Depay "Yuventus"dan yiliga 10 million evro maosh so'ramoqda

Mirjalol Normatov
25 avg 2022, 10:59
"Yuventus" hujumchi Memfis Depayga so'nggi taklifni jo'natishga tayyorlanmoqda.

"Sport Mediaset" xabariga ko'ra, Turin klubi "Marsel" forvardi Arkadiush Milik bilan kelishuvga erishgan. Biroq hujjatlarni rasmiylashtirishdan oldin "Barselona" futbolchisi bilan shartnoma imzolashga yana bir marta urinib ko'rmoqch.

Chunki "Yuve"ga aynan Depay varianti ko'proq yoqmoqda. Biroq niderlandiyalik futbolchi klubdan yiliga 10 million evro maosh so'ramoqda. Bu esa Turin klubi uchun juda ko'plik qilgan. "Yuventus" taklifiga ko'ra, yiliga 5-6 million evro maosh to'lashga tayyor turibdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sport Mediaset