Depay: "Muxlislar mendan ko'p narsa kutishayotganini bilaman"

Mirjalol Normatov
25 iyul 2021, 13:38
"Barselona" forvardi Memfis Depay debyuti haqidagi taassurotlarini o'rtoqlashdi.

Futbolchi yangi jamoasidagi debyutida "Jirona"ga qarshi maydonga tushdi va penaltini aniq amalga oshirdi.

"Ilk daqiqalardanoq jamoaga foyda olib kelayotganimdan xursandman. Barchasi menga yoqdi. Muxlislar mendan ko'p narsa kutishayotganini bilaman. Shuning uchun juda ko'p mehnat qildim.

O'z stadionimizdagi ilk o'yinni intiqlik bilan kutyapman. Muxlislar bizga quvvat taqdim qilishi shubxasiz", - dedi Depay.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal