Depay Mourinyu jamoasini kuchaytirishi mumkin

Sherzod Nurmatov
1 noya 2022, 17:02
Niderlandiya terma jamoasi va "Barselona” hujumchisi Memfis Depayga yana bir klub qiziqish bildirmoqda.

"Mundo Deportivo" jurnalistlariga ma'lum bo'lishicha, "Roma" futbolchini o'z safida ko'rmoqchi.

Italiya klubi yanvar oyidagi transfer oynasida Depayning transferi bo'yicha muzokara olib borishni rejalashtirmoqda. Niderlandiyalik uchun kurashda "bo'rilar"ning asosiy raqibi Turinning "Yuventus" klubi hisoblanadi.

Memfisning "ko'k-anlrranglilar" bilan mehnat shartnomasi 2023 yilning o'rtalariga qadar amal qiladi. Uning transfer qiymati 25 million evroga baholanmoqda.

Hujumchi joriy mavsum "Barselona" safida 3 ta o'yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo