Depay: "Menga faqat "Barselona" qiziqayotgani yo'q"

Alisher
21 may 2021, 16:28
Vinger Memfis Depay kelajagi haqida gapirdi.

"Lion" Fransiya chempionati doirasida "Nicca" bilan o'ynaydi va bu niderlandiyalik uchun klubdagi so'nggi bahs bo'ladi. Shundan so'ng u shartnomasi yakunlangani sabab klubni tark etadi.

"Bu yerdagi ko'plab xotiralar yodimda qoladi, bu mening uyim. Men uchun "Lion" tarkibidagi so'nggi o'yinimni o'tkazishni o'ylash og'irdir.

Men o'z darajamni eng katta klubda, top-chempionatda ko'rsatmoqchiman. "Barselona"ning qiziqishi haqida bilaman, ammo menga faqat ular qiziqishmayapti", - deydi Depay.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: L'Equipe