Depay La Liga klubiga o'tishi mumkin

25 apr 2020, 08:41
Memfis yozda klubini o'zgartirishi mumkinligi aytilmoqda.

“Betis” klubi “Lion”ga Memfis Depay transferi yuzasidan murojaat qildi. “Lion” futbolchisini 50 mln evrodan kamiga sotmoqchi emas. 26 yoshli futbolchiga ayni damda “Milan” hamda “Lacio”dan qiziqish bor.

Ma'lumot uchun, Memfis 2017 yil yanvarida MYUdan 16 mln evro evaziga xarid qilingan. U joriy mavsum klub safida 18 ta o'yin o'tkazib, 14 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Coliseo Verdiblanco