APL 5-turi doirasida "Chelsi"ga nursiz durangdan keyin "Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger jamoa hujumchisi Denni Uelbek jarohat olganini ma'lum qildi.
Eslatib o'tamiz, futbolchi 73 daqiqada "Chelsi" himoyachisi David Luis bilan to'qnashuvdan keyin jarohat oldi va maydonni tark etdi. Shuningdek, Venger o'yinchining jarohati oddiy emasligini ham ma'lum qilgan.