Denni Rouz: “U tabiat mo'jizasi”

Eldor Akmurzayev
19 may 2020
“Nyukasl" himoyachisi Denni Rouz “Liverpul”dagi hamkasbi Endi Robertsonni maqtadi.

“Endi Robertson tabiat mo'jizasiga o'xshaydi. Uning har bir o'yinini kuzatib boraman va u har uchrashuvda borini berib o'ynaydi. Aqlbovar qilmas darajada barqaror. U shunchaki ajoyib futbolchi.

4-5 yil oldin “Uayt Xart Leyn”da “Xall”ga qarshi o'ynaganimizda, Robertson va Maguayr raqib safida harakat qilishardi. To'g'risi, o'shanda unga ahamiyat bermagandim. Biroq, “Liverpul”ga o'tganidan keyin, ular uchun eng yaxshi chap qanot himoyachisiga aylandi.

So'nggi 2 yil davomida u Angliya va ehtimol Yevropaning eng yaxshi himoyachisidir. O'zimga kelsak, shubhasiz, uning saviyasiga chiqmoqchiman. U eng zo'ri”, deydi Rouz.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: The Lockdown Tactics