Denisovning goli “Lokomotiv”ga g'alaba keltirdi

Aslanov Jasurbek
6 fev 2017
Ispaniyada o'quv-mashg'ulot yig'inini tashkil etayotgan Moskvaning “Lokomotiv” klubi navbatdagi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushdi.

“Temiryo'lchilar”ning raqibi Daniyaning “Syonneryyusk” klubi bo'ldi. Bu jamoa Daniya chempionatining 21-turidan so'ng 30 ochko bilan 6-o'rinni egallab turibdi.

Koin shahridagi shu nom bilan ataluvchi mo'jazgina stadionida bo'lib o'tgan bahsda “Lokomotiv” 1:0 hisobida zafar quchdi. Yagona gol 59-daqiqada Igor Denisov tomonidan kiritildi.

“Lokomotiv” safida hamyurtimiz Vitaliy Denisov boshlang'ich tarkibda o'yinni boshladi va maydonda to'liq harakat qildi. 



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: