Denisov va “Loko” Germaniya yig'inini mag'lubiyat bilan yakunlashdi

Narzulla Saydullayev
23 iyul 2014, 12:22
Moskvaning “Lokomotiv” klubi Germaniyada tashkil etilgan o'quv-mashg'ulot yig'inini yirik hisobdagi mag'lubiyat bilan yakunladi.
“Temiryo'lchilar” Liverkuzenning “Bayer” jamoasiga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berishdi. “Loko” tarkibida terma jamoamiz himoyachisi Vitaliy Denisov 77 daqiqa harakat qildi.


Uchrashuv yakunlangan zahoti Myunxen aeroportiga yo'l oldi va bugun tongda Moskvaga qaytib keldi. 24 iyul kuni jamoa Cherkizovada muxlislar bilan uchrashuv o'tkazadi. Shuningdek, ochiq mashg'ulot ham tashkil etib beradi. 3 avgust kuni esa “Lokomotiv” premer-liganing ilk turida Odil Ahmedovning “Krasnodar” klubini qabul qiladi.  


“LOKOMOTIV” – “BAYER 04” 1:3 (0:2)

Gollar: Chalxanoglu, 2 (0:1). Kissling, 7 –pen. (0:2). Yurchenko, 65 (0:3). Shishkin, 79 (1:3).

“Lokomotiv”: Abaev, Chorluka (Belyaev, 74), Dyurica (Peychinovich, 46), VITALIY DENISOV (Serasxov, 77), Yanbaev, Fernandesh, Samedov, Miranchuk Anton, Tkachyov (Al. Miranchuk, 82), Maykon, N'Doye (Pavlyuchenko, 77).

“Bayer 04”: Kreshich, Spaxich, Edvay (Xilbert, 46), Vendel, Donati (Vagener, 46), Raynartc, Chalxanoglu (Ryu Sin Vu, 46), Kastro (Rolfes, 46), Bellarabi, Son Xin Min (Yurchenko, 46), Kissling (Drmich, 46).

Ogohlantirish: Peychinovich, 48.

22 iyul. Cell-am-Ze, “Alois Latini” stadioni.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com