

O'yin haqida
"O'yinda tezkor gollar bo'ldi, yigitlar oxirigacha kurashishdi. "So'g'diyona" ham yaxshi va tajribali jamoa. Yomon o'ynamadik. Maydon holati imkon berganicha o'ynadik. Teng o'yinda adolatli durang qayd etildi. Biz 3 ochko olib ketishimiz mumkin edi, afsuski bunday bo'lmadi. Hech qisi yo'q, kurashamiz, hali imkoniyatimiz bor. So'nggi turda ligada qolishga urinamiz. Ammo endi barchasi o'z qo'limizda emas: "Qo'qon-1912" yutqazishi va biz yutishimiz kerak. Ko'ramiz", - dedi Denis Korostichenko.
- Jaloliddinov asosiy tarkibda emas zaxiradan maydonga tushdi. Unda charchoq bormi?
- Yo'q, bu bizning rejamiz edi. Jasur ikkinchi taymda tushishi va jamoa o'yinini kuchaytirishi kerak edi. Shunday ham bo'ldi.
- O'yindan oldin durangni kutganmidingiz?
- Yo'q, kutmagandim, g'alaba uchun kelgandik. Oxirgi ikki turda 6 ochko olib boshqa jamoalarga qarashimiz kerak edi. "Qo'qon-1912" bugun yutqazgani uchun bizda oxirgi turdan oldin ham imkoniyat saqlanib qoldi.



