Dembelening maoshi o'yinlar soniga qarab belgilanishi mumkin

Narzulla Saydullayev
10 noya 2021, 11:33
Barselona Usmon Dembele uchun yangi shartnoma shartlarini tayyorlamoqda.

Kataloniya klubi francuzga maydonda o'tkazgan vaqtiga qarab oylik tayinlamoqchi. Barselona Dembelening maoshini kamaytirib, uning o'rniga turli bonuslarni taklif qilmoqchi. Bu g'oya Barsa direktori Mateu Alemaniga tegishli.

Agar bonuslarning barchasi amalga oshsa Usmon hozirgidan ham ko'proq maosh olishi mumkin.

Bu mavsum Dembele jarohat tufayli Barselonada umuman maydonga tushgani yo'q.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sport.es