Dembelening agenti: "Usmon 1000 foiz "Barselona"da qoladi"

Alisher
21 avg 2019
"Barselona" yarim himoyachisi Usmon Dembelening agenti Mussa Sissoko Kataloniya klubidan ketmoqchi emas.

"Usmon Yevropaning bir necha kuchli klublaridan qiziqish bo'layotganiga qaramasdan, bir daqiqa ham "Barselona"dan kyetish haqida o'ylamadi.

1000 foizga aminmanki, u "Barselona"da qoladi. Afsuski, jarohati tufayli ajoyib mavsumlarni o'tkazishi mumkin edi, ammo bu uning muvaffaqiyatlar sari odimlashiga to'sqinlik qilmaydi", - deydi Sissoko.

Eslatib o'tamiz, Dembele 2017 yilda Dortmundning "Borussiya" klubi safidan o'tgan edi.

Dembele yana klub tartibini buzdi


AlisherMuallif
Manba: litterkenny