Dembele "Yuventus"da o'ynamoqchi

Alisher
3 iyun 2020
"Barselona" hujumchisi Usmon Dembele faoliyatini "Yuventus"da davom ettirmoqchi.

Turin klubi rahbariyati fransiyalik vingerning atrofidagi vaziyatni kuzatmoqda va yozgi transferlar onasida u bilan shartnoma imzolashi mumkin.

Futbolchining o'zi ham bu transferga qiziqish bildirmoqda. Oldinroq, "Yuventus"ning Dembeleni ijaraga olishni reja qilayotgani haqida xabarlar yangragan edi.

Dembelening "Barselona" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan. 23 yoshli futbolchi joriy mavsum "ko'k-anorranglilar" safida 9ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo