Dembele PSJda qancha maosh olishi ma'lum!

Mirjalol Normatov
1 avg 2023
"Barselona"dan PSJga o'tishi kutilayotgan vinger Usmon Dembelening maoshi haqida ma'lumot berildi.

Oldinroq aytilganidek, PSJ fransiyalik futbolchi bilan 5 yillik shartnoma borasida kelishuvga erishgani borasida ma'lumotlar tarqagandi.

"Le Parisien" ma'lumotiga ko'ra, 26 yoshli futbolchi Parij klubida yiliga 20 mln evro maosh oladi. Shuningdek, bonus pullari ham nazarda tutiladi.

PSJ Dembeleni 50 mln evro evaziga sotib olmoqda. Klubda transfer ishlarini yakunlash uchun 5 kun vaqt bor.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Le Parisien