Dembele kyetmaydi

Mirjalol Normatov
5 okt 2020, 23:29
"Barselona" vingeri Usmon Dembele ushbu mavsumda kataloniyaliklar sharafini himoya qiladi.

Transferlar oynasining so'nggi kunida "Manchester Yunayted" uning xizmatlaridan voz kechgan. Bunga uning jarohatlarga moyil bo'lib qolgani sabab bo'lgan. Oldinroq MYU uning uchun 60 mln evrodan voz kechishga tayyorligi ma'lum qilingandi.

O'z navbatida "Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman ham uning jamoada qolishi o'ziga bog'liqligini, Dembele ham ketishini istayotgani haqida hech nima demaganini ma'lum qilgandi. Bu xabarni AS nashriga "Barselona" klubi rasmiylari ham ma'lum qildi.

Unga ko'ra, futbolchi "Barselona"dagi faoliyatini davom ettiradi, muzokaralar esa yakunlanib bo'lgan.

23 yoshli francuz ushbu mavsumda LaLigada 1 o'yin o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal