Del Pero: “Faoliyatimdagi eng chiroyli golni “Fiorentina”ga urganman”

Aslanov Jasurbek
13 yanv 2017, 04:14
“Yuventus”ning sobiq hujumchisi Alessandro Del Pero A seriyaning 20-turidan o'rin olgan “Yuventus” – “Fiorentina” uchrashuvidan oldin mazkur bahsning ahamiyati haqida to'xtaldi.

“Bu ikki jamoa o'rtasidagi bahsni bemalol “derbi” maqomida hisoblash mumkin. Shaxsan men uchun shunday. Barcha “derbi”larda bo'lgani singari bu o'yinda ham avvalgi o'yinlar va natijalar o'z ahamiyatini yo'qotadi.

Men faoliyatimdagi eng chiroyli va muhim golimni “Fiorentina” darvozasiga kiritganman. Bu urgan gollarim ichida eng yaxshisi bo'lgan”, deydi italiyalik hujumchi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia