Del Boske: "Federatsiya Messini Ispaniya termasiga olib kelmoqchi edi"

Mirjalol Normatov
3 may 2019, 00:50
Ispaniya termasi sobiq ustozi Visente del Boskening aytishiga ko'ra, u "Barselona" futbolchisi Leo Messi bilan termada ishlamoqchi bo'lgan.

"Messi Ispaniya termasining o'sha tarkibidagi yetakchi bo'la olardi. Ispaniya FF Messiga termani taklif qilganini yaxshi bilaman, biroq Leo o'z vatani termasini tanlagandi.

Messi bo'lganida terma kuchayardi. U Messi, u tanho. Bilmayman, balki u uchun kurashda g'olib bo'lishimiz mumkin edi. Ammo bunday bo'lmaganiga hali ham achinaman", - dedi murabbiy.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca