Deku: “Messi beshinchi “Oltin to'p”ni ham qo'lga kirita oladi”

15 noya 2013, 12:08
“Barselona” klubining sobiq yarim himoyachisi Deku, hujumchi Lionel Messi beshinchi “Oltin to'p”ni qo'lga kiritishga ham haqli ekanligini ta'kidlab o'tdi.

“Leo ushbu mukofotga asosiy da'vogar sanaladi, chunki u oldingi to'rtta sovrinni bekorga qo'lga kiritgani yo'q. Shu sababli beshinchi marotaba “Oltin to'p”unga berilsa hech ham ajablanmayman.

Biroq Krishtianu Ronaldu va Ibragimovichning mavsumnmi yaxshi boshlaganini unutmaslik kerak.

Hozir Messi jarohatdan to'liq tuzalishi shart”, - deydi Deku.


Manba: sports.ru