Deku: "Levandovski – dunyoning eng yaxshi hujumchisi, ammo Neymar..."

23 avg 2020, 23:17
Portugaliya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Chempionlar Ligasi finalidan oldin "Bavariya" yetakchisi Robert Levandovski va PSJ forvardi Neymarni taqqosladi.

"Chempionlar Ligasi finali kishini aldamaydi. Levandovski – buyuk o'yinchi, yulduz, ayni paytda dunyoning eng yaxshi markaziy hujumchisi ham.

Ammo Neymar boshqacha. U Messi va Ronaldu darajasida. Final kim kuchliligini aniqlashtirishga ko'mak berishi mumkin, ammo futbol muxlisi sifatida men Neymarni tanlagan bo'lardim. U chiroyli futbol o'ynaydi", – dedi Deku.

Eslatib o'tamiz, "Barselona", "Portu", "Benfika" va "Chelsi" singari jamoalar safida ham to'p tepgan Deku faoliyatini 2013 yilda Braziliyada yakunlagan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Goal