Deyli Blind: "Manchester Yunayted"ga o'tish men uchun katta sharaf"

Tolibjon Qosimov
2 sen 2014
"Manchester Yunayted" yangi himoyachisi Deyli Blind "Ayaks"dan ingliz klubiga o'tgani haqida o'z fikrini bildirdi.
"Manchester Yunayted"ga o'tish men uchun katta sharaf. Men etti yoshimdan beri "Ayaks"da bo'lganman va doimo u yerda o'tgan xotiralarimni eslab yuraman.

Lui van Gal juda iqtidorli murabbiy, men u bilan "Ayaks"da va Gollandiya terma jamoasida ishlaganman va hozirda u bilan dunyo miqyosidagi jamoada birga ishlashni intiqlik bilan kutyapman" - deydi Blind.

Oldinroq, MYU futbolchi uchun 14-15 million funt to'lishi xabar berilgan edi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru