De Yongning tovon pul ma'lum bo'ldi

Mirjalol Normatov
24 yanv 2019, 19:46
"Ayaks"dan "Barselona"ga o'tgan Frenki De Yongning tovon puli 400 million evro qilib belgilandi.

"Mundo Deportivo" xabariga ko'ra,u bu borada "Barselona" futbolchilari orasida uchinchi o'rinda.  Undan yuqoridagi futbolchilar - Leo Messi (700 million), Serxio Buskets va Samyuel Yumtiti (500 milliondan).

Eslatib o'tamiz, 21 yoshli futbolchi 1 iyuldan e'tiboran "Barselona"ga o'tadi. Uning transferi 75 million evro bo'lgan. Shu orqali u jamoa tarixidagi 5-eng qimmat futbolchi bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo